Nasiya daftaringiz endi telefoningizda
Kim qancha qarzdorligi bitta ekranda. Qaytarish kuni kelganda mijozga SMS eslatma o'zi ketadi.
Yangi foydalanuvchilarga Oddiy ta'rif 15 kun bepul. Parol shart emas, raqamingiz bilan kirasiz.
Daftar ko'tarolmagan ishlar
Bitta nasiya boshidan oxirigacha
-
Nasiyani yozing
Mijozni tanlang, summa va qaytarish sanasini kiriting. Mijozga summa va sana bilan SMS boradi.
-
Eslatmani ilovaga topshiring
Soatini, necha kunda bir takrorlanishini va ko'pi bilan necha marta ketishini o'zingiz sozlaysiz.
-
To'lovni belgilang
Pul kelganda bir tugma. Qolgan qarz qayta hisoblanadi va mijozga SMS bilan boradi.
Ilovaning ichi
Do'kon kattalashsa ham yetadi
- Bir nechta do'kon
- Har do'konning mijozi, qarzi va xodimlari alohida. Bir tugma bilan o'tasiz.
- Ta'minotchilar
- O'zingiz kimga qancha qarzdorligingiz va qachon to'lashingiz ham shu yerda.
- Muddati o'tganlar
- Kechikkanlar 1–7, 8–30 va 30 kundan ortiq guruhlarga bo'lingan holda.
- Kechki xulosa Telegram'ga
- Bugungi nasiya, to'lov va muddati o'tganlar siz tanlagan soatda @daftaron_bot'dan keladi.
- O'zbek tilidagi yordamchi
- "Bu oy qancha nasiya berdim?" deb so'rang. AI yordamchi ilova ichida javob beradi.
- Uch til, tungi rejim
- O'zbek lotin, ўзбек кирилл va rus tillarida. Kechasi ko'zni charchatmaydi.
Bitta hisob, hamma qurilmada
Do'konda telefondan yozing, uyda kompyuterdan ko'ring. Kompyuterda klaviatura yanada tezlashtiradi: N nasiya, T to'lov, M yangi mijoz.
Ikki ta'rif, bitta jadvalda
| Oddiy 29 000 so'm/oy 15 kun bepul | Pro 59 000 so'm/oy | |
|---|---|---|
| Nasiya yozish | 70 ta/oy | Cheksiz |
| Do'konlar | 1 ta | 3 ta |
| Xodimlar | Yo'q | 3 ta |
| Ta'minotchilar | 1 ta | 10 ta |
| Bepul SMS | 20 ta/oy | 50 ta/oy |
| Keyingi har SMS | 250 so'm | 190 so'm |
| Excel'ga yuklash | Bor | Bor |
| Yana 1 do'kon | Yo'q | 14 000 so'm |
| Yana 1 xodim | Yo'q | 9 000 so'm |
| Oddiyni tanlash | Pro'ni tanlash |
Yangi foydalanuvchilar uchun Oddiy ta'rif dastlabki 15 kun bepul. Keyingi to'lov ilova ichidagi balansdan yechiladi. Balansni Click yoki Payme orqali to'ldirasiz.
Ko'p so'raladigan savollar
Hisobni qanday ochaman?
web.daftaron.uz'da telefon raqamingizni kiriting, kod keladi. Yangi foydalanuvchi bo'lsangiz, hisob shu raqam bilan o'zi ochiladi. Telegram bot orqali ham kirishingiz mumkin.
Bepul muddat qancha?
Yangi foydalanuvchilar uchun 15 kun. Muddat ro'yxatdan o'tganda emas, birinchi nasiya yoki ta'minotchi yozuvi kiritilganda boshlanadi. Bu davrda Oddiy ta'rif ishlaydi, uning imkoniyatlari narx jadvalida ko'rsatilgan.
iPhone'da ishlaydimi?
Ha. Safari'da web.daftaron.uz'ni oching, "Ulashish" belgisini bosing va "Bosh ekranga qo'shish"ni tanlang. Belgi ilovalar orasida paydo bo'ladi. App Store versiyasi tez orada chiqadi.
Har bir mijozga SMS ketishi shartmi?
Yo'q. Nasiya yozilgandagi SMS, to'lovdagi SMS va muddat eslatmasi sozlamalarda alohida-alohida yoqiladi va o'chiriladi.
Bepul SMS tugasa nima bo'ladi?
Keyingi har bir SMS Oddiy ta'rifda 250 so'm, Pro ta'rifda 190 so'm turadi.
Sotuvchi hamma narsani ko'radimi?
Ruxsatlarni o'zingiz berasiz: nasiya yozish, tahrirlash, limitdan oshirish, to'lov qabul qilish, hisobotni ko'rish va boshqalar. Xodim o'z raqami bilan kod orqali kiradi.
Savolim bo'lsa, kimga murojaat qilaman?
Telegram'da @daftaron_admin yoki +998 91 280 17 74. Ilova ichida AI yordamchi ham bor.
Daftarni yoping, hisobni oching
Telefon raqamingiz bilan kiring va birinchi nasiyani hozir yozing.
15 kun bepul boshlash